Ahmad Yugnakiy va uning tarbiya haqidagi qarashlari


 Ahmad Yugnakiy XI–XII asrlarda yashab, “Hibatul-haqoyiq” asari orqali o‘z davrining yirik ma’rifatparvar mutafakkiri sifatida tanilgan. U asarlarida ilm, odob va tarbiyani inson kamolotining asosiy sharti deb biladi. Yugnakiy fikricha, tarbiyasiz ilm foydasiz, ilm esa odob bilan bezansa, insonni yuksaltiradi.Adabiyotlarda (Fitrat “O‘zbek adabiyoti namunalari”, Sodiqov va Karimov “O‘zbek adabiyoti tarixi”, Qosimjonov “O‘rta asr turkiy adabiyotida ma’naviyat masalalari”) qayd etilishicha, Ahmad Yugnakiy asarlari o‘z davrida axloqiy-tarbiyaviy maktab vazifasini bajargan. Uning g‘oyalari bugungi tarbiya fanining asosiy tamoyillari — odob, ma’naviyat va ilm uyg‘unligiga mos keladi.

Comments

Post a Comment